Advokatura toʻgʻrisida 12-modda. Advokatning ijtimoiy huquqlari

Advokat davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha barcha nafaqa turlarini olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi. Advokatga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar belgilash va toʻlash, uning davlat pensiya taʼminoti va jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalari mablagʻlari advokatlarning ijtimoiy ehtiyojlariga ishlatiladigan fondlar tuzishga haqlidirlar.