Advokatura toʻgʻrisida 4-modda. Advokatura faoliyatining prinsiplari va tashkiliy shakllari

Advokatura oʻz faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi. Belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxs advokatlik faoliyatini oʻz advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda amalga oshirishga yoxud boshqa advokatlar (sheriklar) bilan advokatlik firmasini yoki aʼzolikka asoslangan advokatlar hayʼatini tuzishga yoxud faoliyat koʻrsatayotgan shunday advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishga yoki yuridik maslahatxonada ishlagan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokat oʻz faoliyatini faqat bitta advokatlik tuzilmasida amalga oshirishga haqli. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Advokatlik tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, tuzilmasi, shtatlari, vazifalari, mablagʻlarni sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlik tuzilmalari faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari), taʼsis shartnomalari bilan tartibga solinadi. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlari ular roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran yuridik shaxs maqomini oladi. Yuridik maslahatxona hisobga olingan kundan eʼtiboran oʻz faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokatlik firmasining yoki advokatlar hayʼatining joylashgan yeri yashash uchun moʻljallanmagan joyda boʻlishi kerak. Advokatlik byurolarini taʼsis etgan advokatlar oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻzlariga tegishli boʻlgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin, bunda advokatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi. Advokatlik tuzilma