Advokatura toʻgʻrisida 7-1-modda. Advokat soʻrovi

Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni (bundan buyon matnda axborot (hujjatlar) deb yuritiladi) taqdim etish masalalari yuzasidan advokat soʻrovini (bundan buyon matnda advokat soʻrovi deb yuritiladi) yuborishga haqli. Axborot (hujjatlar), shuningdek ularning koʻchirma nusxalari advokat soʻrovi olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi. Advokat soʻroviga koʻra ekspertiza xulosasini olish muddatlari davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanadi. Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot soʻralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa, ular oʻzlariga murojaat etgan advokatga soʻrov olingan sanadan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda xabar qilishi shart. Advokat tomonidan ish boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi toʻgʻrisida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, soʻrovda koʻrsatilgan axborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak. Advokat soʻrovida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: soʻrov yuborilayotgan davlat organi yoki boshqa organning, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotning nomi va pochta manzili; advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi; advokat oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami; advokat soʻrovini qayd etish daftaridagi advokat soʻrovining roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami va sanasi; advokat kimning manfaatlarini koʻzlab harakat qilayotgan boʻlsa, oʻsha jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi; yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot