Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) oʻrtasida tuziladigan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi. Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim (shartnoma) ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan advokat oʻrtasida ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) oʻziga yoki u tayinlagan shaxsga yuridik yordam koʻrsatish uchun oddiy yozma shaklda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomadan iboratdir. Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimni (shartnomani) bekor qilish masalalari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Advokat, unga qaysi adliya organi tomonidan guvohnoma berilganligidan qatʼi nazar, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimni (shartnomani), uning yashash joyi yoki joylashgan yeridan qatʼi nazar, tuzishga haqli. Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimning (shartnomaning) muhim shartlari quyidagilardan iborat: topshiriqni bajarishni ishonchli vakil sifatida oʻz zimmasiga olgan advokat haqidagi, uning guvohnomasi rekvizitlari koʻrsatilgan holdagi maʼlumotlar; topshiriqning predmeti; koʻrsatilayotgan yuridik yordam uchun ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan haq toʻlash shartlari; advokatning topshiriqni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi va miqdori; topshiriqni bajarishni oʻz zimmasiga olgan advokat javobgarligining miqdori va xususiyati. Advokatning haq olishi hamda topshiriqni bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) maxsus ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan advokatga toʻlanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qi