Aholi bandligi toʻgʻrisida 10-modda. Hududiy va mahalliy mehnat organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari

Hududiy mehnat organlari: tegishli hududda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va boshqa tashkilotlarning aholi bandligi sohasidagi faoliyatini hamda hamkorligini muvofiqlashtiradi; aholi bandligiga koʻmaklashishga doir hududiy dasturlarning bajarilishi yuzasidan monitoringni, ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish jarayonlari monitoringini amalga oshiradi; tegishli hududda tarmoqlar va tumanlar (shaharlar) kesimida ish oʻrinlarini tashkil etishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi; tegishli hududda ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi; aholi bandligi masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatadi; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tuzilmasiga kiradigan ishsiz shaxslarni va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlariga, “Ishga marhamat” monomarkazlariga (bundan buyon matnda kasbga oʻqitish markazlari deb yuritiladi), boshqa oʻquv muassasalariga, tashkilotlarga, shu jumladan belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan nodavlat kasb-hunar taʼlimi markazlariga (bundan buyon matnda kasb-hunar taʼlimi muassasalari deb yuritiladi) qonunchilikda belgilangan tartibda grantlar ajratadi; tegishli hududda aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Mahalliy mehnat organlari: ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish yuzasidan choralar koʻradi; ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) bilan toʻgʻridan-to