Aholi bandligi toʻgʻrisida 100-modda. Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari

Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi: Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnatga oid va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish, shuningdek ularga moddiy yordam koʻrsatish; mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, ogʻir kasallikka chalingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tibbiy yordam koʻrsatish, basharti ushbu xizmatlar qiymatini ularning oʻz mablagʻlari yoki tibbiy sugʻurta hisobidan toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda; mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida mayib boʻlgan yoki ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarni olib kelish; avval uyushgan holda tanlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonunchiligini buzganligi uchun chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, toʻlangan mablagʻlar oʻrnini keyinchalik mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek chet ellik ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan sharoitlar bilan taʼminlanmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish; Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda fuqarolarning hayotini, sogʻligʻini va boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotining oʻrnini qoplash uchun sugʻurta kompaniyalariga subsidiyalar berish; fuqarolarni (yoshlarni) chet tillarga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi, uning filiallari hamda ketish oldidan moslashtirish markazlari faoliyatini tashk