Aholi bandligi toʻgʻrisida 103-modda. Yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish va ularning kasbiy bilimini tasdiqlash boʻyicha faoliyati

Qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar: Migratsiya agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish; vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarning kasbiy bilimini, shu jumladan kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlish va chet tillarni bilish darajasini tasdiqlash boʻyicha faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan akkreditatsiya asosida amalga oshirishga haqlidir.