Aholi bandligi toʻgʻrisida 110-modda. Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanish tartibi oʻziga nisbatan tatbiq etilmaydigan chet ellik fuqarolar

Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb etish va undan foydalanish tartibi quyidagi chet ellik fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi: Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlariga, shuningdek diplomatik maqomga ega boʻlgan boshqa shaxslarga; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan lavozimga tayinlanadiganlarga; Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining iltimosnomalariga koʻra, turizm sohasidagi ishlarga uch oygacha muddatga jalb etiladigan mutaxassislarga; Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan yoki tashkil etilayotgan xorijiy yoki qoʻshma korxonalar taʼsischilari boʻlgan, uch oygacha muddatga keladigan fuqarolarga; Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalariga muvofiq tashkil etilgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan ilm-fan va madaniyat arboblariga; Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlari doirasida taʼtil vaqtida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan talabalarga; Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan ommaviy axborot vositalari vakillariga; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek xalqaro va chet el nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlari vakolatxonalari hamda filiallarining xodimlariga; Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan chet el tijorat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlariga; Prezident maktablariga, shuningdek oliy taʼlim muassasalariga ishlash uchun jalb etiladigan oʻqituvchilar va mutaxassislarga; Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olgan shaxslarga; Oʻzbekiston Respublikasining xalqa