Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar yuqori malakali va malakali mutaxassislar uchun mehnat shartnomalarining amal qilish muddatiga, biroq koʻpi bilan uch yilga, cheksiz miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda koʻpi bilan uch yilga beriladi. Bunda yuqori malakali va malakali mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻrindoshlik asosida ishlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma olmagan holda oʻrindoshlik asosida ishlash huquqiga ega. Boshqa chet ellik fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnomalar mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga, biroq koʻpi bilan bir yilga, cheksiz miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan, ammo har bir holatda koʻpi bilan bir yilga beriladi.