Aholi bandligi toʻgʻrisida 25-modda. Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlari

Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ularning xohishiga koʻra xizmatlarning quyidagi turlari taklif etiladi: aholi bandligi masalalari boʻyicha maslahatlar berish; murojaat etgan shaxsning kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga va mehnat stajiga, yoshiga, sogʻligʻining holatiga muvofiq maqbul keladigan ishni taklif etish (mavjud boʻlgan taqdirda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida maqbul keladigan ishni izlash; zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish; “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga roʻyxati taqdim etilgan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan xotin-qizlarni yoʻllanma boʻyicha davlat tashkilotlariga (bundan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasi birinchi qismida va ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan lavozimlar mustasno) hamda davlat ulushi ellik foiz va undan yuqori boʻlgan tashkilotlarga ishga joylashtirish; Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborish; tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish; kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuborish; kasbiy malakani baholash; aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga mikrokreditlar olish uchun tavsiyalar berish. Mahalliy mehnat organlari ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi xizmatlarni ham koʻrsatishi mumkin. Aholiga, tashkilotlarga va boshqa ish beruvchilarga mehnat organlari tomonidan koʻ