Dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa birinchi marta ish qidirayotgan, kasbga (mutaxassislikka) ega boʻlmagan shaxslarning yoshga doir va boshqa xususiyatlari hisobga olingan holda haq toʻlanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik xususiyatga ega boʻlgan ish ushbu shaxslar uchun maqbul keladigan ish hisoblanadi. Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaxslar uchun ularning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan, yoshi, sogʻligʻining holati, mehnat staji va avvalgi kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish tajribasi inobatga olinadigan ish maqbul keladigan ish hisoblanadi. Quyidagi hollarda ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas, agar: ushbu ish yashash joyini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlsa; taklif etilgan ish doimiy yashash joyidan ancha uzoq boʻlsa va transportda qatnash jihatdan qulay boʻlmasa. Ish joyining transportda qatnash jihatdan qulayligi (yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan uzoqligi) mazkur joydagi jamoat transporti tarmogʻining rivojlanganligi hisobga olingan holda hududiy mehnat organlari tomonidan belgilanadi; taklif etilgan ishni rad etish sogʻliqning holatiga, yoshga va boshqa uzrli sabablarga koʻra mavjud boʻlgan qarshi koʻrsatmalar bilan asoslangan boʻlsa. Ishsizlik nafaqasini olish davri tugaganidan soʻng kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish topib berish imkoni boʻlmagan taqdirda, ishsiz shaxsning qobiliyati, sogʻligʻi holati, ilgarigi ish tajribasi va uning uchun qulay boʻlgan oʻqitish vositalari inobatga olingan holda kasbini (mutaxassisligini) oʻzgartirishini talab qiladigan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin. Mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan har bir shaxsga ushbu mehnat organi xodimi tomonidan uning kasbiy tayyorgarligiga mos boʻlgan, yoshini, sogʻligʻining holatini, mehnat stajini hamda avvalgi kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha ish tajribasini hisobga oladigan maqbul keladigan ish (mavjud