Ish qidirayotgan shaxs ishga joylashishga doir yoʻllanmani yoki ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnomani olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay ishga joylashishga doir yoʻllanmada yoki ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnomada koʻrsatilgan manzilga murojaat etishi shart. Tashkilot (bundan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasining birinchi qismida va ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan lavozimlar mustasno) ish qidirayotgan shaxsni ishga joylashtirishga doir yoʻllanma boʻyicha ishga qabul qilgan va u bilan mehnat shartnomasini tuzgan taqdirda, ishga joylashtirishga doir yoʻllanma taqdim etilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yoʻllanma bergan mahalliy mehnat organiga ushbu shaxs ishga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan birga yoʻllanmaning yirtib olinadigan talonini yuborishi shart. Agar ishga joylashtirishga doir yoʻllanma ish beruvchiga elektron tarzda yuborilgan boʻlsa, ish beruvchi mahalliy mehnat organiga yirtib olinadigan talon oʻrniga ishga joylashtirilganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani elektron shaklda yuboradi. Ishga joylashtirish rad etilgan taqdirda, yirtib olinadigan talonda rad etish sabablarining asosi koʻrsatiladi va yirtib olinadigan talon ishga joylashtirishga doir yoʻllanmani bergan mahalliy mehnat organiga taqdim etish uchun ish qidirayotgan shaxsga qaytarib beriladi. Yirtib olinadigan talon ish beruvchi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Ish beruvchi mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ishga joylashtirishga doir yoʻllanma boʻyicha ishga joylashtirishni rad etgan taqdirda, ish qidirayotgan shaxs yirtib olinadigan talonni ushbu yoʻllanmani bergan mahalliy mehnat organiga yoki kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga biriktirilgan xodimga uch kunlik muddatda qaytarib berishi shart. Qaytarib berilgan yirtib olinadigan talon (talonni