Aholi bandligi toʻgʻrisida 4-modda. Bandlik

Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, oʻz shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bogʻliq boʻlgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir. Fuqarolarga oʻzining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan, shu jumladan haq toʻlanadigan ishni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish boʻyicha mutlaq huquq tegishlidir. Quyidagi fuqarolar band deb hisoblanadi: mehnat shartnomasi boʻyicha haq evaziga toʻliq yoki toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan yoxud kasanachilik bilan shugʻullanayotgan, shuningdek haq toʻlanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega boʻlgan fuqarolar; kasalligi, taʼtilda boʻlishi, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda yoki malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish toʻxtatib turilganligi munosabati bilan, shuningdek qonunchilikka muvofiq vaqtincha ish joyida boʻlmagan xodimning ish oʻrni saqlanib qoladigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida boʻlmagan fuqarolar; haq toʻlanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan fuqarolar; Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida, bojxona organlarida va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda xizmatni oʻtayotgan fuqarolar; oʻzini ish bilan mustaqil ravishda taʼminlayotgan fuqarolar, shu jumladan hunarmandlar, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xoʻjaliklarining, ishlab chiqarish kooperativlarining aʼzolari, fermer xoʻjaliklarining aʼzolari, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha, shu jumladan fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar; Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat