Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan subsidiyalar olish huquqiga ega boʻladi. Tumanlar (shaharlar) hokimlari belgilangan sondan ortiqcha zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlarga ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa chora-tadbirlar uchun yashash uchun moʻljallanmagan joylarni birinchi navbatda ajratish orqali oʻz vakolatlari doirasida imtiyozlar belgilashi mumkin.