Aholi bandligi toʻgʻrisida 49-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar

Mehnat shartnomasi quyidagi asoslar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida oʻrtacha oylik ish haqi ishdan boʻshatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq koʻpi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi: xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi; xodim ish beruvchi bilan birga ishlash uchun boshqa joyga koʻchishni rad etganligi; xodim sogʻligʻining holatiga koʻra, tibbiy xulosaga muvofiq sogʻligʻining holati boʻyicha oʻziga qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmagan boshqa ishga oʻtishni rad etganligi yoki ish beruvchida tegishli ish mavjud emasligi; texnologiya, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish oʻzgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati oʻzgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmi qisqarganligi; tashkilotning (uning alohida boʻlinmasining) oʻz taʼsischilari (ishtirokchilari) qaroriga koʻra tugatilganligi yoxud taʼsis hujjatlari bilan shunga vakolatli boʻlgan yuridik shaxs organining qaroriga koʻra tugatilganligi; bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida noloyiq ekanligi; shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi; sudning tashkilotni tugatish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirganligi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar mulkdor oʻzgarganligi sababli tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalterga nisbatan, tashkilotda bosh buxgalter lavozimi boʻlmaganda esa — bosh buxgalter vazifalarini bajaruvchi xodimga nisbatan ham tatbiq etiladi. Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin oʻttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma boʻyicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan oʻrtacha oylik ish haqi olish huquqiga ega boʻladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi q