Ishsizlik nafaqasini toʻlash quyidagi hollarda tugatiladi: ishsiz shaxs ishga joylashganda; ishsiz shaxs maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etganda; ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini aldov yoʻli bilan olganda; qonunchilikda belgilangan tartibda bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiya olganda; ishsiz shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mikrokreditlar olganda; ishsiz shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirganda; ishsiz shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olinganda; ishsiz shaxs qonunchilikka muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega boʻlganda (pensiya turidan qatʼi nazar); ishsiz shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganda; ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrida vaqtincha bajariladigan ishga mahalliy mehnat organini bu haqda xabardor qilmay joylashganda; ishsiz shaxs vafot etganda. Ishsizlik nafaqasini toʻlash yuqorida koʻrsatilgan hollardan biri yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran tugatiladi. Ishsiz shaxs mahalliy mehnat organiga muntazam ravishda uzrli sabablarsiz kelmagan yoki belgilangan muddatlarda kelishdan boʻyin tovlagan yoxud ishga joylashtirishga doir yoʻllanma yoxud ishga joylashishga koʻmaklashish yuzasidan murojaatnoma olish uchun uzrli sabablarsiz kelmagan taqdirda ham ishsizlik nafaqasini toʻlash muddatidan oldin tugatilishi mumkin. Ishsizlik nafaqasini toʻlash davri tugaganligi yoki nafaqani toʻlash tugatilganligi ishsiz shaxslarni mahalliy mehnat organlarida hisobdan chiqarish uchun asos boʻlmaydi. Ishsiz shaxsning kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan oʻtish taklifini rad etishiga maqbul ishni rad etish sifatida qaralmaydi va ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatishga sabab boʻlmaydi. Ishsizlik nafaqasini toʻlash quyidagi hollarda toʻxtat