Mahalliy mehnat organining buyrugʻi ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) uchun asos boʻladi, unda ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) sababi va ishsizlik nafaqasini toʻlash tugatiladigan (toʻxtatib turiladigan) sana majburiy tartibda koʻrsatiladi. Ishsizlik nafaqasini toʻlash ushbu Qonun 55-moddasining birinchi qismida ( beshinchi qismida ) nazarda tutilgan tegishli ishonchli axborot olinganidan keyin mahalliy mehnat organi tomonidan tugatiladi (toʻxtatib turiladi). Ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) toʻgʻrisida mahalliy mehnat organining xodimi tomonidan “Bandlik xizmati” axborot tizimining tegishli boʻlimida va soʻrovnomada qayd etiladi, unda ishsizlik nafaqasini toʻlash tugatiladigan (toʻxtatib turilgan) sana, ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) sabablari, ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) uchun asos boʻlgan buyruqning sanasi va raqami koʻrsatiladi. Mahalliy mehnat organi tomonidan chiqarilgan ishsizlik nafaqasi toʻlashni tugatish (toʻxtatib turish) toʻgʻrisidagi qaror ishsiz shaxsga yetkazilishi shart. Hisoblangan, lekin belgilangan muddatda olinmagan ishsizlik nafaqasi ishsiz shaxsga kelgusi oyda toʻlanadi.