Aholi bandligi toʻgʻrisida 66-modda. Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasining maʼlumotlar bazasini shakllantirish

Mehnat organlari kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasining maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va uni muntazam ravishda yangilab boradi. Kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi bilan integratsiya qilingan tegishli elektron platforma hamda dasturiy taʼminot orqali bajariladi. Mazkur elektron platforma hamda dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va muntazam ravishda qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.