Aholi bandligi toʻgʻrisida 68-modda. Uzoq muddatli oʻqitish

Ishsiz shaxslarni uzoq muddatli oʻqitish tarzidagi kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasi mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi hamda kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi. Uzoq muddatli oʻqitish oʻquv muassasasining quvvatidan va ixtisoslashuvidan, qabul qilish parametrlaridan hamda oʻqitishning davomiyligidan kelib chiqqan holda, kasbga oʻqitish markazi (kasb-hunar taʼlimi muassasasi), ish beruvchi, mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs oʻrtasida tuziladigan toʻrt tomonlama shartnoma asosida kasbga oʻqitish markazlari (kasb-hunar taʼlimi muassasalari) tomonidan mustaqil ravishda tashkil etiladi.