Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida ishsiz shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan, qoida tariqasida, yigirma olti kalendar haftagacha boʻlgan muddatga stipendiya toʻlanadi. Stipendiya ishsiz shaxslarga quyidagi miqdorlarda toʻlanadi: ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) oxirgi oʻn ikki oylik davr ichida mahrum boʻlgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizi miqdorida, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasida tarkib topgan oʻrtacha ish haqidan koʻp boʻlmagan miqdorda; uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaxslarga — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida; birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yetmish besh foizi miqdorida. Stipendiyalarni toʻlash soliq solish obyekti hisoblanmaydi. Stipendiyalar toʻlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimida va soʻrovnomada koʻrsatiladi. Stipendiya ishsiz deb eʼtirof etilmagan shaxslarga toʻlanmaydi. Stipendiya ishsiz shaxsga buyruq asosida taʼlim muassasasiga qabul qilingan kundan eʼtiboran taʼlim muassasasi tomonidan hisoblanadi va toʻlanadi. Joriy oydagi stipendiya toʻlovi oʻtgan oy uchun amalga oshiriladi. Toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun stipendiyani toʻlash chogʻida stipendiya mazkur stipendiya toʻlanishi kerak boʻlgan ushbu kalendar oydagi kunlar soniga va toʻliq kalendar oydagi oʻqish kunlari soniga mutanosib miqdorda toʻlanadi. Toʻliq kalendar oy uchun stipendiya toʻlovi ushbu kalendar oydagi kunlar sonidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi. Bunda, agar oʻqish davri kalendar oy tugaguniga qadar tamomlangan boʻlsa, stipendiya taʼlim muassasasining oʻqishni tamomlash yoki oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan sanagacha hisoblanadi va toʻlanadi. Stipend