Aholi bandligi toʻgʻrisida 74-modda. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining asosiy vazifalari

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: band boʻlmagan aholini kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; kasbga oʻqitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish; malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish; Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ish qidirayotgan shaxslarning va ishsiz shaxslarning kasbiy malakasini baholash hamda tasdiqlash; malakani baholash markazlari tomonidan malaka pasporti berilishini taʼminlash; Tasdiqlangan malakaga ega boʻlgan shaxslarning milliy reyestrini yaratish va uning amal qilishini taʼminlash; band boʻlmagan aholi oʻrtasida malakani tasdiqlashning foydasi va afzalliklarini tushuntirish.