Aholi bandligi toʻgʻrisida 77-modda. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari

Tegishli vazirliklar va idoralar, birlashmalar, kompaniyalar va tashkilotlar tomonidan tuziladigan kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari (bundan buyon matnda tarmoq kengashlari deb yuritiladi) oʻz vakolatlari doirasida: malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar beradi; kasbiy standartlarni koʻrib chiqadi, ularni dolzarblashtirish boʻyicha takliflar kiritadi; kasbiy faoliyatning alohida turlari boʻyicha malaka darajasini baholash uslubiyotini tasdiqlaydi va unga malakani baholash markazlari tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi. Tarmoq kengashlari tarkibiga kasaba uyushmalarining (ular birlashmalarining), taʼlim tashkilotlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari majburiy tartibda kiritiladi. Tarmoq kengashiga kasbiy faoliyatning bir necha turi boʻyicha vakolatlar berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bir necha tarmoq kengashlariga kasbiy faoliyatning ayni bir turi boʻyicha vakolatlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Tarmoq kengashlari faoliyatining moliyaviy taʼminoti tarmoq kengashlari tashkil etilgan vazirliklar, idoralar, birlashmalar, kompaniyalar va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.