Aholi bandligi toʻgʻrisida 82-modda. Malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish tartibi

Malakani baholash markazlari oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida akkreditatsiya qilinadi. Bitta malakani baholash markazini kasbiy faoliyatning bir necha turlari (kasblar) boʻyicha akkreditatsiya qilishga yoʻl qoʻyiladi. Malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror Respublika kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Akkreditatsiyaga talabgor boʻlgan ariza beruvchi — malakani baholash markazi (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) Respublika kengashiga quyidagilarni taqdim etadi: akkreditatsiya olish uchun arizani; ariza beruvchi malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazishga talabgor boʻlgan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha oʻz shtatida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha qabul qilingan oliy maʼlumotli mutaxassis (mutaxassislar) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni; oʻz mulkida xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan baholash vositalari, shuningdek malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish uchun moʻljallangan moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni. Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan baholash vositalari hamda baholash usullari, shu jumladan onlayn test sinovlari uchun foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari va dasturiy taʼminot Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan belgilanadi. Akkreditatsiya olish uchun ariza akkreditatsiya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida Respublika kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi. Respublika kengashi akkreditatsiya olish uchun arizani koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida ariza beruvc