Aholi bandligi toʻgʻrisida 88-modda. Milliy va tarmoqqa oid malaka doiralari

Milliy malaka doirasi sakkizta malaka darajasini oʻz ichiga oladi va har bir malaka darajasi uchun kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun talab etiladigan koʻrsatkichlar tavsiflari — bilim, mahorat va koʻnikmalar, shaxsiy hamda kasbiy bilimlar, shuningdek malakaga erishish yoʻllari aniqlanadi. Milliy malaka doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Milliy malaka doirasi asosida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, ish beruvchilar birlashmalari bilan birgalikda tegishli malaka darajalarining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi tarmoqqa oid malaka doiralarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.