Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi: kasbiy standart loyihasini avval belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xuddi shunday kasbiy standart mavjudligi (mavjud emasligi) yuzasidan tekshiradi; kasbiy standart loyihasini oʻz rasmiy veb-saytiga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiradi; kasbiy standart loyihasining ekspertizasini amalga oshiradi, shu jumladan shartnoma asosida ekspertlarni jalb etgan holda amalga oshiradi; ijobiy xulosa mavjud boʻlgan taqdirda, kasbiy standart loyihasini ekspert xulosasi bilan birga Respublika kengashiga koʻrib chiqish uchun yuboradi; kasbiy standart tasdiqlanganidan soʻng uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi; kasbiy standart davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng tegishli axborotni ishlab chiquvchiga uch ish kuni davomida yuboradi. Kasbiy standart loyihasini har qanday bosqichda koʻrib chiqish chogʻida bartaraf etiladigan kamchiliklar va fikr-mulohazalar aniqlangan taqdirda, oʻn kalendar kun ichida ishlab chiquvchiga loyihani maromiga yetkazish uchun fikr-mulohazalar va tavsiyalar yuboriladi. Kasbiy standartning maromiga yetkazilgan loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan qayta kiritiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan yangidan kiritilgan loyiha sifatida koʻrib chiqiladi. Kasbiy standart Respublika kengashining xulosasi asosida tasdiqlanadi.