Aholi bandligi toʻgʻrisida 92-modda. Kasbiy standartlarning milliy registri

Kasbiy standartlarning milliy registri Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan yuritiladi. Kasbiy standartlar milliy registrining elektron platformasini, shuningdek malakani baholash markazlari faoliyatining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish va taʼminlab borish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Kasbiy standartlarning milliy registrini yuritish iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha kasbiy standartlarni tasniflash asosida amalga oshiriladi.