Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi. Qishloq xoʻjaligi, bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chogʻida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining oʻziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.