Jamiyat oʻz firma nomiga ega boʻladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak. Jamiyat davlat tilida va ayni paytning oʻzida jamiyat xohishiga koʻra boshqa tillarda oʻzining toʻliq va qisqartma nomlariga ega boʻlishga haqlidir. Jamiyatning manzili u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyga koʻra belgilanadi. Jamiyat u bilan aloqa oʻrnatib turiladigan pochta manziliga ega boʻlishi lozim va oʻz pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarni xabardor qilishi shart.