Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 37-1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlariga oʻzgartirilayotgan davlat korxonalari mehnat jamoalari aʼzolari tomonidan aksiyalarni olinishi

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi aʼzolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalar qiymati haqini toʻlab ustav fondidagi tegishli ulishdan aksiyalar sotib olish huquqiga ega boʻladi.