Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 47-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestri

Jamiyat aksiyadorlari reyestri roʻyxatdan oʻtkazilgan aksiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan, ularga tegishli aksiyalarning nomi, soni, nominal qiymati va turi, shuningdek reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan roʻyxatidir. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qimmatli qogʻozlar egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga koʻra markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. Agar jamiyatga nisbatan “oltin aksiya”ni joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, jamiyat aksiyadorlari reyestriga davlat vakili ham kiritiladi. Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va emitent tomonidan korporativ harakatlar bajarilganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan reyestri asosida amalga oshiriladi. Shakllantirilgan va markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan olingan jamiyat aksiyadorlari reyestriga oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish uchun depozitariylar: reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarning identifikatsiya qilinishi; reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarning axborot olish va uni mazkur shaxslarga yoʻllash hamda reyestrni shakllantirish imkonini beradigan aksiyalarga boʻlgan huquqlari hisobga olinishini; reyestrga oʻzgartirishlar kiritilishiga sabab boʻladigan hujjatlarni va barcha faktlar toʻgʻrisidagi hamda depozitariylarning bunday oʻzgartirishlarni kiritish borasidagi barcha harakatlari haqidagi axborotni qonun hujjatlarida bel