Qatnashchilari oʻzlariga tegishli aksiyalarini oʻzga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin boʻlgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna oʻtkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. Ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna oʻtkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani oʻtkazish imkoniyati cheklab qoʻyilgan hollar bundan mustasno. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi.