Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 72-modda. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan uning oʻz tashabbusiga binoan, jamiyat taftish komissiyasi talabiga koʻra, shuningdek talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabi bilan oʻtkaziladi. Jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish haqidagi talab taqdim etilgan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan 45 kun ichida amalga oshiradi. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabda yigʻilish kun tartibiga kiritilishi kerak boʻlgan masalalar ularni kiritish sababini koʻrsatgan holda taʼriflab berilmogʻi lozim. Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan chaqiriladigan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibidagi masalalarning taʼrifiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emas. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish talabi aksiyadordan (aksiyadorlardan) chiqqan taqdirda bu talabda umumiy yigʻilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi (nomi), unga tegishli aksiyalarning soni va turi koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish talabnomasi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi. Jamiyat taftish komissiyasi, jamiyat auditori yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyador (aksiyadorlar) navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni chaqirish toʻgʻrisida talabnoma taqdim