Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 80-modda. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi yopilganidan keyin kechi bilan 15 kun ichida ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yigʻilishda raislik qiluvchi va umumiy yigʻilish kotibi tomonidan imzolanadi. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasida: aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilgan joy va vaqt; jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega boʻlgan aksiyadorlar ovozlarining umumiy soni; yigʻilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega boʻlgan ovozlar soni; yigʻilishning raisi (rayosati) va kotibi, yigʻilishning kun tartibi koʻrsatiladi. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomasida nutqlarning asosiy mazmuni, ovozga qoʻyilgan masalalar hamda ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish natijalari, yigʻilish qabul qilgan qarorlar aks ettirilishi lozim.