Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 84-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi

Jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashining raisi kuzatuv kengashi aʼzolari tomonidan ularning oʻzlari orasidan kuzatuv kengashi aʼzolari umumiy soniga nisbatan koʻpchilik ovoz bilan saylanadi. Jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyat kuzatuv kengashi oʻz raisini kuzatuv kengashi jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qayta saylashga haqlidir. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlisda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, jamiyat ustavida oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishida raislik qiladi. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi yoʻqligida uning vazifasini kuzatuv kengashi aʼzolaridan biri bajarib turadi.