Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 85-modda. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi

Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning oʻz tashabbusi bilan, kuzatuv kengashining aʼzosi, taftish komissiyasining, jamiyat ijroiya organining, shuningdek jamiyat ustavida belgilab qoʻyilgan boshqa shaxslarning talabiga binoan chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibi ustavda belgilab qoʻyiladi. Kuzatuv kengashi majlisini oʻtkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi, biroq u kuzatuv kengashiga saylangan aʼzolarning yetmish besh foizidan kam boʻlmasligi kerak. Kuzatuv kengashi aʼzolarining soni ustavda nazarda tutilgan miqdorning yetmish besh foizidan kam boʻlib qolsa, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yigʻilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan aʼzolari aksiyadorlarning ana shunday favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagina qaror qabul qilishga haqlidir. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashi majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibini belgilab beruvchi ushbu Qonunda, jamiyat ustavida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, majlisda hozir boʻlganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi. Ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qoʻyilgan qarorlar ijro etilmaydi. Jamiyat kuzatuv kengashining bir aʼzosi oʻz ovozini kuzatuv kengashining boshqa aʼzosiga berishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Jamiyat ustavida kuzatuv kengashi aʼzolarining ovozlari teng boʻlingan hollarda kuzatuv kengashining qarorini qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi naza