Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 9-modda. Shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlari

Jamiyat yuridik shaxs huquqini olgan shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlariga ega boʻlishi mumkin. Shuʼba xoʻjalik jamiyati oʻzining asosiy jamiyati qarzlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Shuʼba xoʻjalik jamiyatiga bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalarni berishga huquqli asosiy jamiyat ana shunday koʻrsatmalarni bajarish uchun shuʼba xoʻjalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan solidar javobgar boʻladi. Asosiy jamiyatning shuʼba xoʻjalik jamiyatiga bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalarni berish huquqi shuʼba xoʻjalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shuʼba xoʻjalik jamiyatining ustavida koʻzda tutilgan taqdirdagina asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi. Shuʼba xoʻjalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan nochor (bankrot) boʻlib qolgan hollarda asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining qarzlari yuzasidan subsidiar javobgar boʻladi. Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrot) boʻlib qolishini oldindan bilib, yuqorida aytilgan oʻz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuʼba xoʻjalik jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan hollardagina shuʼba xoʻjalik jamiyatining nochorligi (bankrotligi) asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi. Shuʼba xoʻjalik jamiyati aksiyadorlari asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shuʼba xoʻjalik jamiyatiga keltirilgan ziyonni toʻlashni talab qilishga haqlidir. Asosiy jamiyat shuʼba xoʻjalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida ziyon koʻrishini oldindan bilib, oʻz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuʼba xoʻjalik jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan holdagina ziyon asosiy jamiyatning aybi bilan keltirilgan deb hisoblanadi. Agar jamiyatga qarashli ovoz beruvchi aksiyalarning yigirma foizidan ziyodrogʻi boshqa ishtirokchi jamiyatga qarashli boʻlsa, bu jamiyat tobe xoʻjalik jamiyati deb tan olinadi. Ishtirok etuvchi va tob