Ushbu Qonunning 91-moddasida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar: yuridik shaxslarga qarashli ovoz beruvchi aksiyalar (ulushlar, paylar)ning yigirma yoki undan ortiq foiziga mustaqil tarzda yoki oʻzlarining affillangan shaxsi (shaxslari) bilan birgalikda ega boʻlsalar, shu yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi; yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida lavozim egallab turgan boʻlsalar, shu yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi; tuzilayotgan yoki tuzilishi kutilayotgan bitimlarda manfaatdor shaxslar deb topilishi mumkin boʻlsa, oʻzlariga maʼlum boʻlgan ana shu bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisi) eʼtiboriga yetkazishlari shart.