Axborotlashtirish toʻgʻrisida 12-1-modda. Hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan: Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish; ommaviy tartibsizliklarga, fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga, shuningdek belgilangan tartibni buzgan holda oʻtkaziladigan yigʻilishlar, mitinglarda, koʻcha yurishlarida va namoyishlarda ishtirok etishga daʼvat qilish, shuningdek mazkur noqonuniy harakatlarni muvofiqlashtirish; jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborot tarqatish; urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish; davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish; sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, ularni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish; jamiyatga, davlatga, davlat ramzlariga hurmatsizlikni namoyon etuvchi, shu jumladan beodoblik bilan ifodalangan axborotni tarqatish; giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni targʻib qilish; pornografiyani, zoʻravonlikni va shafqatsizlikni targʻib qilish, shuningdek oʻz joniga qasd qilishga daʼvat etish; oʻzga shaxslarga tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish; fuqarolarni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxslarni ularning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga yoxu