Yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanish, mazkur maʼlumotlarning toʻliqligi hamda toʻgʻriligini taʼminlash maqsadida ularga aniqliklar kiritish huquqiga ega. Oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi qonun bilan cheklanishi mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslarga oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanishni axborot resurslarining mulkdori yoki egasi rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.