Axborotlashtirish toʻgʻrisida 15-modda. Milliy axborot tizimi

Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi. Milliy axborot tizimi davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratiladi. Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi. Milliy axborot tizimidan foydalangan holda axborot almashish shartnoma asosida amalga oshiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.