Axborotlashtirish toʻgʻrisida 19-modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish

Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini taʼminlash; axborot resurslarining tarqalib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, buzib talqin etilishi, toʻsib qoʻyilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish; axborotni yoʻq qilish, toʻsib qoʻyish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish; axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash.