Axborotlashtirish toʻgʻrisida 21-modda. Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish

Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar oʻz axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmogʻiga qonunchilikda belgilangan tartibda ulashi mumkin. Erkin foydalanilishi cheklab qoʻyilgan axborot resurslarini oʻz ichiga olgan axborot tizimlarining xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishi faqat zarur muhofaza choralari koʻrilganidan keyin amalga oshiriladi.