Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 18-modda. Banklarning ittifoqlari va uyushmalari

Banklar, basharti, qonun hujjatlarining talablariga zid kelmasa, oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, oʻz aʼzolari manfaatlarini himoya qilish va birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish uchun ittifoqlar, uyushmalar va boshqa birlashmalar tuzishlari mumkin. Bunday birlashmalar mustaqil ravishda tijorat faoliyati, shu jumladan bank faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas, ular tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar uchun belgilab qoʻyilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.