Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida 5-modda. Banklar faoliyatini litsenziyalash

Bank, shu jumladan chet el banki, Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. Litsenziyada bank bajaradigan operatsiyalar roʻyxati koʻrsatiladi. Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati gʻayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday faoliyat natijasida olingan daromad davlat budjetiga olib qoʻyilishi lozim.