Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovarlari mustasno. Erkin bojxona zonasi faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga nisbatan erkin bojxona zonasi bojxona rejimi qoʻllanilmaydi. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maxsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim.