Bojxona kodeksi 122-modda. Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari

Tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirishga, agar yoʻq qilinadigan tovarlar oʻzining isteʼmol xossalarini toʻliq yoʻqotadigan boʻlsa va ularning dastlabki holatini iqtisodiy foydali usulda tiklab boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Quyidagi tovarlarning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi: madaniy boyliklarning; yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarining, ularning qismlari va derivatlarining, bundan epidemiyalar va epizootiyalarning oldini olish maqsadida yoʻq qilinishi talab etiladigan hollar mustasno. Quyidagi hollarda tovarlarni yoʻq qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar: yoʻq qilish atrof muhitga zarar yetkazishi yoxud insonlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdirsa yoki xavf tugʻdirish ehtimoli boʻlsa; yoʻq qilish tovarlarning odatiy maqsadiga koʻra ularni isteʼmol qilish orqali amalga oshirilsa; bojxona organi tovarlar amalda yoʻq qilinganligini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining yoʻq qilishni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisidagi, uni amalga oshirishning usuli va joyi koʻrsatilgan xulosasi bojxona organlarining axborot tizimida boʻlmasa. Ushbu qismning qoidalari avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida qaytarib boʻlmas tarzda yoʻqotilgan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tovarlarni yoʻq qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin: tovarlarning batamom yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan termik, kimyoviy, mexanik tarzdagi yoki boshqa turdagi (yoqib tashlash, buzib tashlash, koʻmib tashlash) taʼsir koʻrsatish; demontaj qilish, qismlarga ajratish, mexanik usulda buzish, shu jumladan teshish, yirtish, boshqa usulda shikast yetkazish, basharti bunday shikastlanishlar tovarlarni keyinchalik tiklash va ulardan dastlabki koʻrinishida foydalanish imkoniyatini istisno etsa. Tovarlarni yoʻq qilish tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilgan holda vakolatli shaxs tomonidan uning oʻz mablagʻlari