Tovarni yoʻq qilish muddati mazkur turdagi tovarni yoʻq qilish operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan vaqtdan kelib chiqqan holda bojxona organi tomonidan vakolatli shaxsning arizasi asosida belgilanadi. Tovarni yoʻq qilish maʼlum qilingan usulda hamda tovarni turgan joyidan yoʻq qilish joyiga tashishga ketadigan vaqt hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Tovarni yoʻq qilish joyi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining xulosasi inobatga olingan holda vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi.