Tovarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilar ular shu holatda bojxona hududiga olib kirilganida boʻlgani kabi boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan va keyinchalik foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelgunga qadar qayta ishlangan chiqindilar deklaratsiyalanmaydi.