Bojxona kodeksi 130-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar

Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga: bojxona yuk deklaratsiyasini; davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni topshirish dalolatnomasini; tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda davlat foydasiga voz kechiladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.