Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida olib oʻtilayotganda tovarlarning qonunchilikda belgilangan standartlar va texnik shartlarga muvofiq aralashib ketishiga, shuningdek tashishning texnologik xususiyatlari hamda tovarlarning oʻziga xos xossalari oqibatida miqdori, sifati va holati oʻzgarishiga yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishiga ushbu bobda belgilangan qoidalarga koʻra keyinchalik deklaratsiyalash hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona organi tomonidan identifikatsiyalanmaydi.